Toshkentda uch nafar xotiniga aliment to‘lamay yurgan shaxs qo‘lga olindi
U sud qarori bilan 15 sutkaga qamalgan.

Foto: MIB
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uch nafar xotiniga farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lamay yurgan ota ushlangan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, MIBning Yashnobod tuman bo‘limida 3 nafar ayol foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan fuqaro K.S.ga nisbatan ijro ishi borligi aniqlangan.
Majburiyatini bajarmay yurgan ota qo‘lga olingan. Uning ushbu harakati jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sud qaroriga asosan erkakka nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Oldinroq Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bo‘lim boshlig‘i Nasimxon Burxonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda MIB ijrosida o‘rtacha 300 mingta aliment ishi borligi, har bir xodimga oyida 100 tadan aliment ishi to‘g‘ri kelayotgani haqida aytgandi.
Mavzuga oid

19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi

12:28 / 26.12.2024
Navoiyda 2,5 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ota “dacha”dan topildi

08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi

13:29 / 30.11.2024