Isroilda favqulodda hukumat tuzildi va qasamyod keltirdi
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasida «tor doiradagi xavfsizlik kabineti» tashkil etildi.

Foto: Getty Images
Isroilda favqulodda hukumat tuzildi, unga muxolifatdan besh nafar vazir kirdi, deb xabar berdi Haaretz gazetasiga tayanib Interfax.
Yangi portfelsiz vazirlar «Milliy birlik» alyansidan qo‘shildi. Jumladan, uning yetakchisi Benni Gans va yana to‘rt nafar siyosatchi.
Isroil parlamenti Knesset yig‘ilishida bosh vazir Benyamin Netanyaxu Vazirlar Mahkamasining favqulodda qo‘mitasiga vakolatlarining o‘tkazilishiga ruxsat beruvchi qoidalar faollashtirilganini e’lon qildi. Uning tarkibiga Netanyaxu, Gans va mamlakat mudofaa vaziri Yoav Galant kirdi.
Bundan tashqari, ShAS partiyasi vakili Uriel Boso yangi sog‘liqni saqlash vaziri bo‘ldi.
Avvalroq Netanyaxu va Gans favqulodda hukumat tuzishga kelishib olgani, uning «tor doiradagi xavfsizlik kabineti»ga Netanyaxu, Gans va Galant kiritilgani, bundan tashqari, strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer va Bosh shtab sobiq rahbari Gadi Ayzenkot ushbu kabinetda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

16:35 / 31.03.2025
BAA sudi rohib qotilligida gumon qilingan o‘zbekistonliklarni o‘limga hukm qildi – OAV

15:23 / 30.03.2025
Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha yangi taklifni qabul qildi

13:09 / 29.03.2025
Isroil Bayrutdagi "Hizbulloh" nishonlariga hujum qilinganini bildirdi

10:11 / 28.03.2025