Samarqandda arxeologiya yodgorligini buzayotgan fuqaro to‘xtatib qolindi
Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi arxeologiya yodgorliklariga fuqarolar tomonidan 288 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Foto: Bosh prokuratura
Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ikkita tarixiy yodgorlik yo‘qolib ketish xavfidan saqlab qolindi.
Jumladan, fuqaro O.T. tomonidan Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan, IV-VIII asrlarga oid “Nomsiztepa-3” arxeologiya yodgorligining 9,6 metr kvadrat qismi o‘zboshimchalik bilan buzilgan. Fuqaro tomonidan olib borilayotgan buzish ishlari o‘z vaqtida to‘xtatib qolinishi natijasida yodgorlikning 652 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.
Shuningdek, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan, ilk o‘rta asrlarga oid “Qo‘shqo‘rg‘ontepa” arxeologik yodgorligining 7,4 metr kvadrat tuproq qismi mahalliy fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda kavlab olingani aniqlangan. Ushbu harakatlarning oldi olinishi natijasida obektning 492 metr kvadrat maydoni asrab qolingan.
Hozirda yodgorliklarga yetkazilgan 288 mln so‘m zarar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Samarqand viloyatida 4 ta tarixiy obektga 9 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangandi.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:07 / 03.03.2025