Sirdaryo viloyat hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha oldingi o‘rinbosari Shavkat Zayniddinov prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan videoselektor davomida ishdan olingandi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Bekzod Bozarboyevich Ismatov Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bekzod Ismatov bugunga qadar viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Shavkat Zayniddinov bu lavozimda 2022 yil sentabridan buyon ishlab kelayotgandi. U 2023 yil 27 iyul kuni prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan videoselektor davomida ishdan olingandi.