Zelenskiy Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida qatnashish uchun Kishinyovga bordi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kishinyovdagi Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida shaxsan ishtirok etadi. 1 iyun kuni u Moldovaga yetib bordi. Ukraina prezidentini Moldova prezidenti Mayya Sandu kutib oldi.

Foto: AP
«Bugun biz Moldovada ishlayapmiz, — deb yozgan Zelenskiy telegramda. — Ko‘plab ikki tomonlama uchrashuvlar rejalashtirilgan». Ukraina prezidentining aytishicha, Ukraina «qiruvchilar koalitsiyasi»dan tashqari ittifoqchilarga « Patriot zenit-raketa tizimlari koalitsiyasini» taklif qilmoqchi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va NATO bilan Ukraina «tinchlik formulasi» bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilish rejalashtirilgan. «Hamma narsa kelajagimizni himoya qilish uchun», - dedi Zelenskiy.
Zelenskiyning Kishinyovga tashrifi rejalari xavfsizlik nuqtayi nazaridan so‘nggi daqiqagacha oshkor etilmadi.
Kishinyovdagi sammit - Yevropa siyosiy hamjamiyati tarixidagi ikkinchi shunday tadbir. Moldova poytaxtida uning o‘tkazilishi munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirildi va NATO aviatsiyasi osmonni himoya qilishga jalb qilindi (u Moldova havo hududiga kirmaydi).
Mavzuga oid

00:19
Zelenskiy Oval kabinetdagi tortishuv uchun Trampdan kechirim so‘radi - AQSh prezidentining maxsus vakili

21:10 / 10.03.2025
AQSh Zelenskiyni yiqitmoqchimi?

01:10 / 10.03.2025
Tramp: Ukraina AQSh yordami bilan ham omon qolmasligi mumkin

23:47 / 05.03.2025