Xususiy maktablar milliy reytingda ishtirok etishga taklif etildi
2023 yildan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlari ham baholash reytingida ishtirok etishlari mumkin. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Vazirlikka ko‘ra, joriy yilda maktablarning milliy reytingini tuzishga yangilik kiritish maqsadida nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini ham baholash nazarda tutilmoqda.
Milliy reytingda ishtirok etish istovchi nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bir necha yildan buyon tuman (shahar)lar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida umumta’lim muassasalarining reytingi tuzib kelinmoqda.
Reytingda quyidagilar inobatga olinadi:
- o‘quvchilarning fan bo‘yicha egallagan bilimlari;
- o‘quvchilarning hayotga tayyorgarlik darajasi (bilim darajasi, oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi, xorijiy tilni bilish darajasi);
- pedagoglarning sifat tarkibi va salohiyati (oliy va birinchi toifaga ega pedagoglar ulushi);
- maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit;
- mahalliy hokimliklarning maktablar rivoji uchun qo‘shgan hissasi.
Bunda, qur’a tashlash yo‘li bilan tanlab olingan 10 foiz maktablardagi 9-sinf o‘quvchilarining bilimlari baholanadi, o‘qituvchilar o‘rtasida xalqaro TALIS baholash dasturi metodikasi asosida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

16:36 / 24.01.2025
Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan dunyo oliygohlari ro‘yxati e’lon qilindi

17:16 / 23.01.2025
Qozog‘iston o‘rtacha maosh miqdori bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb topildi

14:57 / 18.01.2025
Dunyodagi eng xavfsiz 5 ta avtomobil nomi e’lon qilindi

09:44 / 10.01.2025