Toshkent viloyatida YTHga uchragan uchta yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Yuk mashinasi qalin tumanda to‘xtab turgan boshqa yuk mashinalarini payqamagan va ularning ortidan borib urgan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida qalin tuman tufayli uchta yuk mashina bir-biri bilan to‘qnashgan. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 2022 yil 22 dekabr kuni soat 12:30 larda A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani hududidan o‘tgan 161-kilometrida sodir bo‘lgan.
MAN va Isuzu mashinalari «Uak» aholi maskanida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turganda Howo yuk mashinasi ularning ortidan kelib urilgan. Oqibatda yuk mashinalari ag‘darilib ketgan va Isuzu’ning 44 yoshli haydovchisi jan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Howo haydovchisi qalin tumanda oldinda to‘xtab turgan turgan MAN va Isuzu mashinalarini ko‘rmay qolgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:51 / 15.03.2025
Radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat chegirib tashlanishi kutilmoqda

11:11 / 15.03.2025
2024 yilda «prava»si yo‘q haydovchilar 400 dan ortiq YTH sodir qildi – Senat javobgarlikni kuchaytirmoqchi

10:06 / 15.03.2025
Yangiyo‘lda ikki fuqaro 52 ta kaptarni nobud qildi

23:03 / 14.03.2025