Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 157 kishida koronavirus aniqlandi. Bu bir kun avvalgiga qaraganda 37 taga ko‘p.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq kunlik ko‘rsatkichlar soni yana ortdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrining o‘zida kasallanganlar 100 nafardan oshgani haqida xabar berdi.
«2022 yil 6 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 1 nafari Buxoro viloyatida,
- 2 nafari Jizzax viloyatida,
- 1 nafari Navoiy viloyatida,
- 7 nafari Namangan viloyatida,
- 7 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 20 nafari Toshkent viloyatida,
- 106 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
5 dekabr kuni 120 kishiga koronavirusdan kasallanish tashxisi qo‘yilgandi. 4 dekabrda 153 kishida, 3 dekabrda esa 162 kishida koronavirus aniqlangan.
Mavzuga oid

11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi

10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi

11:15 / 02.12.2022
O‘zbekistonning barcha hududlarida koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi

10:35 / 30.11.2022