BAA aviakompaniyasi Sharja – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
Namangan xalqaro aeroportiga Birlashgan Arab Amirliklaridagi Air Arabia aviakompaniyasi birinchi samolyoti kelib qo‘ndi.

Foto: Uzbekistan Airpors
Ilk qatnov samolyoti suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Namangan – Sharja yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosimda Namangan aeroporti va Air Arabia aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 170 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan birinchi havo qatnoviga ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshlab berishdi.
Air Arabia tomonidan amalga oshiriladigan Sharja va Namangan o‘rtasida muntazam qatnovlar A-320 samolyotlarida haftasiga uch marotaba amalga oshiriladi. Namangandan uchish dushanba, juma va yakshanba kunlariga belgilangan.
Air Arabia bosh qarorgohi BAAning Sharja shahrida joylashgan. Kompaniya Sharja va Iskandariya, Marokashdagi to‘rtta aeroportdan Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, MDH davlatlari va boshqa mamlakatlarga yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid

17:59 / 06.03.2025
“Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi

22:00 / 03.03.2025
“Elchi bo‘lmoqchiman” - namanganlik “ingliz” qiz

00:12 / 25.02.2025
Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi

16:33 / 24.02.2025