O‘zbekiston konditsionerlarni asosan Xitoydan import qilmoqda
O‘zbekiston konditsionerlarni asosan Xitoydan import qilyapti. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Pixabay
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 41,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 184,7 mingta konditsioner import qilingan.
Konditsioner importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 62 mingtaga oshgan. O‘zbekiston 27 ta davlatdan konditsioner import qilgan.
O‘zbekiston 6 oy mobaynida eng ko‘p konditsioner import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 174 391 dona;
- Turkiya – 4 754 dona;
- Ispaniya – 899 dona;
- Litva – 811 dona;
- Tailand – 772 dona;
- Fransiya – 515 dona;
- Koreya – 498 dona;
- Italiya – 458 dona;
- BAA – 388 dona;
- Rossiya – 265 dona;
- Hindiston – 211 dona;
- Gruziya – 208 dona;
- Germaniya – 124 dona;
Mavzuga oid

09:21
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

22:47 / 08.03.2025
ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi

16:41 / 08.03.2025
AQSh sudi Xitoydan Covid-19 tarqalgani uchun 24 milliard dollar talab qildi

16:24 / 07.03.2025