Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 milliondan oshdi
2022-2023 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 007 313 nafarni tashkil etmoqda.
Shundan, 374 319 nafari — joriy yil bitiruvchilari, 632 994 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan): kunduzgi ta’lim shakli — 544 922 nafar; sirtqi ta’lim shakli — 433 510 nafar; kechki ta’lim shakli — 22 776 nafar; masofaviy ta’lim shakli — 6 105 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:
- Qashqadaryo viloyati — 115 484 nafar;
- Samarqand viloyati — 111 898 nafar;
- Toshkent viloyati — 97 586 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 91 766 nafar;
- Surxondaryo viloyati — 85 793 nafar;
- Andijon viloyati — 66 517 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 64 987 nafar;
- Namangan viloyati — 63 449 nafar;
- Jizzax viloyati — 59 325 nafar;
- Toshkent shahri — 58 562 nafar;
- Buxoro viloyati — 57 487 nafar;
- Xorazm viloyati — 53 328 nafar;
- Navoiy viloyati — 44 565 nafar;
- Sirdaryo viloyati — 36 566 nafar.
Mavzuga oid

16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi

17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi

17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi

18:39 / 11.10.2024