«Hisor» qo‘riqxonasidagi noyob qor qoplonlarining videotasvirlari e’lon qilindi
Qor qoploni jahon Qizil kitobiga va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Uning surati 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobi muqovasida ham aks etgan.

Foto: Videodan kadr
«Hisor» davlat qo‘riqxonasi ma’muriyati qo‘riqxonaga o‘rnatilgan videoqopqonlarga muhrlangan noyob qor qoplonlari tasvirlangan kadrlarni e’lon qildi. Qor qoplonlari joriy yil mart oyida olingan tasvirlarda ko‘ringan.
Qor qoploni noyob tur hisoblanadi. Uning tana uzunligi o‘rtacha 130 santimetr, dumi 90 santimetr og‘irligi 75 kilogrammgacha bo‘ladi.
Qor qoplonlarining ko‘rish, eshitish va hidni his qilish organlari yaxshi rivojlangan. Ular har ikki yilda bir marta bolalaydi va 21 yoshgacha umr ko‘rishlari mumkin. Ov qilish uchun o‘ljasiga toshlar orasidan yaqinlashib, 6 metr va undan ham uzoqroqqa sakray oladi.
Qor qoplonlari O‘zbekistondan tashqari Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, G‘arbiy Sibir, Janubiy Mo‘g‘uliston, Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Nepal va Butan kabi sanoqli davlatlarda uchraydi.
Qor qoploni jahon Qizil kitobiga va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Uning surati 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobi muqovasida ham aks etgan.
Mavzuga oid

11:02 / 08.07.2024
«Hisor» qo‘riqxonasida qor qoploni fotoqopqonga tushdi

11:53 / 27.01.2023
Germaniya TIV hazil uchun afrikaliklardan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi

23:03 / 25.01.2023
Qoplonga yemish sifatida tashlangan o‘rdak – Toshkent hayvonot bog‘idagi noyob hodisa

08:28 / 29.06.2022