O‘zbekiston | 12:04 / 14.06.2022
27209
1 daqiqa o‘qiladi
Qo‘g‘oliko‘l - Namangandagi qoraqalpoq qishlog‘idan fotojamlanma
Namangan viloyati Mingbuloq tumani markazidan 30 km olisda Qo‘g‘oliko‘l mahallasi joylashgan. Bu qishloqqa 19-asrning ikkinchi yarmida, hozirgi Qoraqalpog‘iston hududlaridan ma’lum bir sabablarga ko‘ra ko‘chib kelgan bir guruh qoraqalpoqlar tomonidan asos solingan.

Foto: KUN.UZ
Bugungi kunda qishloqda 5 mingga yaqin aholi yashaydi. Qishloqning ichimlik suvi, yo‘l va elektrdan bir qator muammolari bor.
Mahalla joriy yilda Obod qishloq dasturiga kiritildi.
Suratlar muallifi – Shohrux Kenjayev