Toshkent - Andijon - Toshkent yo‘nalishida poyezdlar harakati yana bir kunga to‘xtatildi

Foto: Kun.uz
60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi reyslari vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar qildi.
2022 yil 6 may kuni Toshkent - Andijon - Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati vaqtincha, ya’ni bir kunga to‘xtatiladi.
Bunda, Farg‘ona vodiysida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgani, poyezdlar harakat xavfsizligi hamda yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsad qilingan.
Yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalari 100 foiz miqdorda qaytarib beriladi.
Shuningdek, vodiy viloyatlarida harakatlanadigan elektropoyezdlar harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.
Bundan oldin 5 may kuni ham Toshkent - Andijon - Toshkent yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan poyezd qatnovi bekor qilingandi.
Mavzuga oid

16:16 / 15.03.2025
Andijon xalqaro aeroportida aerodrom rekonstruksiyasining 1-bosqichi yakunlandi

10:22 / 14.03.2025
Farg‘ona, Namangan va Andijonda korrupsiya bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

20:13 / 13.03.2025
Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi

11:06 / 12.03.2025