Namangandagi YTHda 16 yoshli haydovchi halok bo‘ldi

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Tegishli hujjatlarsiz Lacetti ruliga o‘tirgan voyaga yetmagan shaxs o‘z o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 6 fevral kuni soat 12:30larda, Namangan shahar Boburshoh ko‘chasida joylashgan “Atlas” MChJ binosi oldida, 2005 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan shaxs tegishli hujjatlarsiz Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton stolbaga urilgan.

Natijada haydovchi og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Avtomashinadagi 2005 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi esa “bosh miya yopiq shikasti” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.