Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatida aholini qiynayotgan muammolarni sanadi
Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev ayni paytda deputatlar va xalqqa murojaat qilmoqda. U o‘z ma’ruzasida elektr, gaz va ichimlik suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga ham to‘xtaldi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatidagi 170ta mahalla elektr ta’minotida muammolar mavjud. Xususan:
- 307ta transformator stansiyasining quvvati yetarli emas;
- 15 mingdan ortiq simyog‘och eskirgan;
- 1146,7 km elektr liniyalari yaroqsiz holatda.
Tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha ham muammolar yig‘ilib qolgan. Viloyat hokimi 17,3 km gaz tarmoqlari ta’mirtalab ekani, 306ta mahallaga tabiiy gaz yetib bormagani, 10ta mahallada kuz-qish mavsumida gaz bosimi pasayib ketishi odat tusiga kirganini ta’kidlagan.
Zoyir Mirzayev, shuningdek, viloyatning ichimlik suv ta’minoti bor-yo‘g‘i 68 foizni tashkil etishini tanqid qilgan. U aholini ichimlik suv bilan ta’minlash bo‘yicha mavjud statistikani ham ochiqlagan. Unga ko‘ra eng past ko‘rsatkichlar Quyi Chirchiq (16 foiz), Yuqori Chirchiq (22 foiz) va O‘rta Chirchiq (38 foiz) tumanlariga to‘g‘ri keladi.
“Hozirda 144ta mahallada markazlashgan ichimlik suv ta’minoti mavjud emas, 3tasida esa 50 foizdan past. 69ta suv quduqlari ishlamaydi, 2 966 km suv tarmog‘i ta’mirtalab. 14ta maktab uzluksiz ichimlik suv bilan ta’minlanmagan”, deb aytgan Zoyir Mirzayev.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

07:40 / 06.05.2025
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi

15:01 / 05.05.2025