Chilidagi prezident saylovlarida 35 yoshli nomzod g‘alaba qozondi
Chili prezidenti saylovlarining 19 dekabrda o‘tgan 2-bosqichida so‘l kuchlar koalitsiyasi nomzodi Gabriel Borich g‘alaba qozondi. Uning raqibi Xose Antonio Kast o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.

Foto: Marcelo Hernández/Getty Images
35 yoshli Borich 99 foiz byulletenlar hisob-kitob qilingandan keyin 56 foiz ovoz to‘pladi. E’tiborlisi, Borich prezident saylovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilgan eng kichik yoshga yaqindagina to‘lgan va Chili tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi.
Yangi prezident general Augusto Pinochet hokimiyati davridan saqlanib qolgan neoliberal iqtisodiy model tarafdori hisoblanadi va mamlakatda boylarga soliq kiritilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Chilida 2019–2020 yillarda hukumatga qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tgandi. Ular oqibatida mingdan ko‘proq odam jarohat olgan, o‘nlab odamlar halok bo‘lgan. Bu noroziliklar Pinochet davrida qabul qilingan konstitutsiyaning isloh qilinishi qo‘llab-quvvatlangan referendumga olib kelgan.
Mavzuga oid

14:14 / 26.02.2025
Chilida butun mamlakat bo‘ylab blekaut yuz berdi

22:59 / 14.02.2025
Bukri kit odamni yutib yuborib, so‘ng tuflab tashladi - video

10:19 / 25.04.2024
Chilining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

18:48 / 07.02.2024