Xitoyning Geely avtokompaniyasi smartfon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda
Geely Holding asoschisi Erik Li Hubei Xingji Shidai Technology deb nomlangan yangi kompaniyani tashkil etdi.

Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi Geely kompaniyasi smartfon ishlab chiqarish biznesini yo‘lga qo‘ymoqda, deb yozadi CNBC.
Geely Holding asoschisi Erik Li Hubei Xingji Shidai Technology deb nomlangan yangi kompaniyani tashkil etdi.
Geely’ning smartfon bozoriga kirishi uning yangi sohalarni o‘zlashtirishga urinayotganini ko‘rsatadi, deya qayd etadi CNBC.
Kompaniya smartfonlari qaysi brend ostida va qachondan ishlab chiqarilishi haqida ma'lumot berilmagan.
Sentyabr boshlarida Xitoyning Xiaomi kompaniyasi elektrmobillar ishlab chiqaruvchi Xiaomi EV kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazgandi.
Mavzuga oid

12:38 / 11.03.2025
RBK: Rossiyada politsiya uchun smartfonlarni buzib kirish qiyinlashdi

16:22 / 05.03.2025
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

18:14 / 17.02.2025