Nodavlat OTM uchun davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi e'lon qilindi

“Nodavlat va xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ularning filiallariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qo‘shma buyruq loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Hujjat Prezidentning 2021 yil 22 iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. U bilan Nodavlat va xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ularning filiallariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash taklif qilinmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini aniqlash va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga taqsimlash bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Nizom quyidagi tartibni nazarda tutadi:
- davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish, ish beruvchilar bilan talabgorlar o‘rtasida shartnoma tuzish tartibi;
- o‘qish jarayonini tashkil etish, tomonlarning hamkorligini ta'minlash tartibi;
- davlat buyurtmasi parametrlarini moliyalashtirish tartibi;
- o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachilari tizimida ishlab berishini tashkil etish tartibi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi

13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

09:04 / 10.02.2025