Navoiyda “Nexia” yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Nurota tumanida mudhish avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, tumanning Chuya qishlog‘ida “Chuya-Nurota” yo‘nalishida harakatlanib borayotgan “Nexia” mashinasi haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘ldan chiqib ketgan. Buning oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navoiy shahrida “Labo” va yuk mashinasi to‘qnashuvida haydovchi, Nurota tumanida “Nexia” mashinasi harakat vaqtida ag‘darilib ketishi oqibatida yo‘lovchi vafot etgandi.