"Tolibon" Afg‘oniston hududining 65 foizini o‘z nazoratiga oldi – YeI
YeI vakilining aytishicha, AQSh va NATO kuchlarining olib chiqib ketilishi afg‘on milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlarining ruhini tushirib yubordi.

"Tolibon" harakati jangarilari Afg‘oniston hududining 65 foizini nazorat qilmoqda. Bu haqda anonim qolish sharti bilan YeI vakili ma'lum qildi.
“Hozirda “Tolibon” mamlakat hududining 65 foizini nazorat qilmoqda. G‘arb harbiylarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi tufayli Afg‘oniston qurolli kuchlarining imkoniyati sezilarli darajada cheklandi”, — dedi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblarga qarshi turish vazifasini 75 mingga yaqin maxsus kuchlar harbiylari bajarmoqda. Afg‘oniston armiyasidagi harbiylar soni 180 ming nafardan ortiq.
YeI vakilining aytishicha, AQSh va NATO kuchlarining olib chiqib ketilishi afg‘on milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlarining ruhini tushirib yubordi. Uning so‘zlariga ko‘ra, logistika muammolari sababli mamlakat harbiy-havo kuchlari maxsus kuchlarning operatsiyalarini ko‘pincha qo‘llab-quvvatlamayapti.
Avvalroq TOLOnews telekanali Farah shahri "Tolibon" nazorati ostiga o‘tgani haqida xabar bergandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, toliblar Juzjon, Saripul, Qunduz, Nimro‘z, Tohar va Samangan viloyatlari markazlarini egallagan.
Mavzuga oid

20:52 / 14.03.2025
Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali qurilishi USAID tomonidan moliyalashtirilgan – OAV

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025