Beruniyda yonib ketgan reklama monitori yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi

Bir necha kun oldin Beruniy tumani markazidagi yagona reklama monitori yonib ketgandi.
Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi. Ma'lum bo‘lishicha, yong‘in 23 iyul kuni kech soat 21:00 da Beruniy tumani “Xalqlar do‘stligi” ko‘chasi chorrahasida yuzaga kelgan. Bu haqda Beruniy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Ta'kidlanishicha, yong‘in qutqaruv texnikalari yordamida soat 21:07 da bartaraf etilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda. Hozirda uning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Ma'lumot uchun, Beruniyda 2 ta “Elektron reklama qurilmasi” katta monitor o‘rnatilgan bo‘lib, tumandagi tadbirkorlik sub'yektiga qarashli.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun oldin To‘rtko‘lda rezina ishlab chiqarish sexi yonib ketgandi.
Mavzuga oid

12:31 / 03.03.2025
Beruniyda kuchli shamol ko‘p qavatli uyning tomini uchirib yubordi

18:30 / 01.11.2024
Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketishi oqibatida uch yigit halok bo‘ldi

17:02 / 19.06.2024
Qoraqalpog‘istonda bolalarni olib ketayotgan avtomobil YTHga uchradi

11:52 / 24.10.2023