“Tolibon” Afg‘onistondagi 169ta tumanni egallaganini ma'lum qildi
Toliblarning ta'kidlashicha, ular mamlakat hududining 85 foizi ustidan nazorat o‘rnatgan.

“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘onistonning turli viloyatlarida 169ta tumanni egalladi. Bu haqda harakat vakili Zabihulla Mujohid ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar oxirgi ikki oy ichida 400ta tumandan 167tasini egallagan va o‘tgan tunda Hirot va Zabul viloyatlaridagi yana ikki tuman ularning nazoratiga o‘tgan.
"Mujohidlarimiz egallagan tumanlar soni 169taga yetdi", – dedi Mujohid.
Toliblarning ta'kidlashicha, ular mamlakat hududining 85 foizi ustidan nazorat o‘rnatgan.
O‘z navbatida, Afg‘oniston mudofaa vazirligining sobiq vakili general Davlat Vaziriy buni rad etdi.
Mamlakat qurolli kuchlari matbuot kotibi Ajmal Umar Shinvariyning ma'lumot berishicha, Afg‘oniston qurolli kuchlari 14ta tumanni “Tolibon” jangarilaridan qaytarib olgan.
Mavzuga oid

18:10
O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:53
O‘zbekiston va Fransiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

12:59
O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston muammosi bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi

21:24 / 19.03.2025