Somalida jangarilar 4ta shaharni egallab oldi

Somalida 5-6 iyun kunlari «Ash-Shabob» terrorchi guruhi jangarilari 4ta shaharni egallab oldi. Jangarilar ushbu shaharlar orasidagi transport aloqasini to‘xtatib qo‘ygan.
5 iyun kuni Varsiiz, Kuordxir va Vararaksli, 6 iyunda esa Varmaksan shahri to‘satdan u yerdan hukumat qo‘shinlari olib chiqilgandan keyin egallab olingan.
Ta'kidlanishicha, eng katta yo‘qotish Varmaksan shahri egallab olinishi bo‘lgan. Bu shahar ikkita muhim hudud — Afgoyye va Vanlaveynni bog‘lab turadi. Afgoyye poytaxt Mogadishodan 30 km, Vanlaveyn esa AQSh aviabazasidan 20 km olisda joylashgan. Hozirda ushbu hududlar orasida hukumat va xorijiy qo‘shinlar uchun transport aloqasi to‘xtatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid

16:24 / 06.02.2025
O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

09:20 / 05.08.2024
Somali poytaxtidagi teraktda 32 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi

21:43 / 21.03.2024
Somali dengiz qaroqchilari yana faollashdi

22:45 / 26.01.2024