Sirdaryoda 81 ming yevro miqdoridagi qalbaki valuta aniqlandi

«Qishloqqurilishbank» Sirdaryo mintaqaviy filialida 81 ming yevro miqdoridagi xorijiy valutadagi qalbaki pul aniqlangan. Mazkur holat bo‘yicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish maqsadida viloyat IIBga taqdim qilingan.
«Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari yakunlangach, qo‘shimcha ma'lumotlar e'lon qilinadi», deyiladi xabarda.
Avvalroq, Sayxunobod tumanidagi mahallalardan birining kotibi «Asakabank» mas'ullari bilan til biriktirib, fuqarolar nomiga ularning xabardorligisiz kredit olganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

17:39 / 28.02.2025
Sirdaryo va Oqoltin tumanlariga yangi hokim tayinlandi

13:45 / 26.02.2025
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

00:21 / 20.02.2025
Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:26 / 04.02.2025