Tramp prezident saylovida muddatidan avval ovoz berdi

Foto: REUTERS/Tom Brenner
AQSh prezidenti Donald Tramp Palm-Bich shahrida (Florida shtati) prezident saylovida muddatidan avval ovoz berdi.
"Men Tramp ismli yigitga ovoz berdim. Bu pochta orqali byulleten jo‘natishdan ko‘ra ancha xavfsiz ovoz berish usuli. Hammasi a'lo, qoida bo‘yicha", - dedi u saylov uchastkasini tark etarkan.
Tramp saylov uchastkasi joylashgan kutubxonaga himoya niqobida keldi.
U 2016 yilgi saylovda Nyu-Yorkda ovoz bergandi, ammo bu yil Tramp qayd etilgan yashash joyini o‘zgartirdi – endilikda Nyu-Yorkdagi Trump tower emas, balki Floridadagi Mar-a-Lago qo‘rg‘oni uning yashash joyi hisoblanadi.
United States Elections Project portali hisobiga ko‘ra, bo‘lajak prezident saylovida kamida 50 mln kishi muddatidan avval ovoz berib bo‘ldi.
Prezident saylovi 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?

15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi

19:04 / 17.03.2022