Koronavirus O‘zbekistonda: Og‘ir ahvoldagi bemorlar soni 800dan oshdi
20 sentabr kuni O‘zbekistonda 648 kishida koronavirus aniqlanib, 661 kishi tuzalgani tasdiqlandi. Kunlik kasallanish ko‘rsatkichi so‘nggi uch kundan buyon 600dan ko‘proqni tashkil etmoqda.

Rasmiy statistikada jami holatlar 51 mingdan ortdi: hozirgacha 51 640 kishida koronavirus aniqlanib, ulardan 47 932 nafari tuzalgan.
Qurbonlar soni kamida 6 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha 433 nafarga yetdi.
Yangi holatlar (+648)
Toshkent shahri va Toshkent viloyati infeksiyaning asosiy o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda. So‘nggi kunlarda Namangan viloyatida ko‘plab holatlar qayd etilayotgani e'tiborga molik.
- Toshkent shahri – 429
- Toshkent viloyati – 121
- Namangan viloyati – 45
- Andijon viloyati – 18
- Samarqand viloyati – 13
- Xorazm viloyati – 7
- Qashqadaryo viloyati – 6
- Sirdaryo viloyati – 5
- Qoraqapog‘iston Respublikasi – 4
Tuzalganlar (+661)
Kun davomida 661 kishi COVID-19'dan tuzalgani tasdiqlandi. Jami sog‘ayib chiqqanlar 47 932 nafar yoki kasallanganlarning 93 foizini tashkil etmoqda.
- Toshkent shahri – 436
- Toshkent viloyati – 119
- Namangan viloyati – 48
- Andijon viloyati – 16
- Qashqadaryo viloyati – 13
- Samarqand viloyati – 13
- Sirdaryo viloyati – 9
- Xorazm viloyati – 4
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3
O‘lim holatlari (+6)
20 sentabr kuni o‘limi statistikaga kiritilgan 6 marhumning barchasi – 50 yoshdan kattalar. 56 yoshida Germaniyada vafot etgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev SSV statistikasida Toshkentdagi qurbonlar ro‘yxatiga kiritildi.
- Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli S.M. (erkak)
- Quyichirchiq tumanida yashagan 57 yoshli R.E. (erkak)
- Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli M.A. (ayol)
- Olmazor tumanida yashagan 61 yoshli R.R. (erkak)
- Toshkent shahrida yashagan (qaysi tuman ekaniga oydinlik kiritilmadi) 77 yoshli R.Sh. (ayol)
- Toshkent shahrida yashagan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev (56 yoshida Germaniyada vafot etdi).
Ayni paytda 3 275 nafar bemor COVID-19'dan davolanmoqda. Ulardan 557 nafari og‘ir, 245 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda

23:06 / 16.01.2023