Svetlana Tixanovskayaning saylov shtabi boshlig‘i qo‘lga olingani xabar qilindi
Mariya Moroz Litva elchixonasidan chiqayotganida o‘zlarini IIV xodimlari deb tanishtirgan odamlar tomonidan olib ketilgan.

Foto: DPA
Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskayaning saylov shtabi boshlig‘i Mariya Moroz qo‘lga olindi, deb xabar berdi Tixanovskayaning matbuot kotibi Anna Krasulina.
"Svetlana Tixanovskayaning saylov shtabi boshlig‘i Mariya Moroz qo‘lga olindi", - deyiladi Krasulinaning OAVga bergan xabarida.
Qayd etilishicha, shtab boshlig‘i payshanba kuni vizaga hujjat topshirish uchun kelgan Litva elchixonasidan chiqayotganida o‘zlarini IIV xodimlari deb tanishtirgan odamlar tomonidan olib ketilgan.
"Uning telefoni o‘chirilgan, qayerda ekanligi noma'lum", - deb ta'kidlagan Krasulina.
Bir oz avval RBK Mariya Morozning qo‘yib yuborilgani haqida xabar berdi.
Payshanba kuni muxolifat aksiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Belarusda prezidentlik saylovlari 9 avgustda bo‘lib o‘tadi. Markaziy saylov komissiyasi besh kishi - Andrey Dmitriyev, Anna Kanopatskaya, Aleksandr Lukashenko, Svetlana Tixanovskaya, Sergey Cherechenlar nomzodini ro‘yxatga olgan.
Mavzuga oid

09:33 / 12.12.2024
YeI diplomatiyasi rahbari Tixanovskaya bilan uchrashdi

13:20 / 27.11.2023
Tixanovskaya Lukashenkoga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi

11:58 / 08.11.2023
Tixanovskaya Berlinda «Belarusning do‘stlari» bilan uchrashdi

11:40 / 04.05.2023