Medvedev Belarusni ayanchli oqibatlar haqida ogohlantirdi
Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyani qardoshlik munosabatlarini hamkorlik munosabatlariga almashtirganlikda ayblagandi.

Foto: RIA Novosti
Belarus hukumatining Rossiyadan dushman tasvirini yaratish va bu orqali siyosiy natijaga erishishga urinishi ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov kampaniyasi davomida Rossiya-Belarus munosabatlari osongina qurbonlik qilinadigan vositaga aylanib qoldi.
«Keyin esa dunyoga o‘t ketmaydimi, ruslar bilan kelishib olamiz. Bu nafaqat odamni xafa qiladi, balki qayg‘uli hamdir va ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin», — dedi Medvedev.
Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyani qardoshlik munosabatlarini hamkorlik munosabatlariga almashtirganlikda ayblagandi.
Iyul oxirida Belarusda Rossiyaning 33 nafar fuqarosi qo‘lga olindi. Minsk ularni Vagner xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid

17:12
Rossiya Xitoy va Hindiston bilan neft savdosida kriptovalutadan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi

17:01
Kit Kellogg Kreml talabiga binoan Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chetlatildi

13:53
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirishga intilyapti

13:52