Xitoylik diplomatlar Xyustondagi konsulxonani tark etdi
Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQShning Chendu shahridagi bosh konsulxonasini yopish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Foto: AP Photo/David J. Phillip
Xitoyning Xyustondagi (Texas shtati) bosh konsulxonasi xodimlari AQSh hukumatining uni yopish haqidagi talabidan so‘ng binoni tark etdi. Bu haqda Associated Press (AP) agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, xitoylik diplomatlarning avtomobillari konsulxona hududidan chiqib ketishi bilan AQSh federal xizmati xodimlari binoga kirishgan.
Vashington seshanba kuni Pekindan Xyustondagi bosh konsulxonani 72 soat ichida yopishni talab qilgandi.
AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Morgan Ortegusning ma'lum qilishicha, Xitoyning Xyustondagi konsulligi "Amerika intellektual mulki va amerikaliklarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish maqsadida" yopilgan.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbinning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki mamlakat munosabatlaridagi "misli ko‘rilmagan taranglik"dir. U shuningdek, Pekin Amerikaning bu harakatiga javob qaytarishini aytdi.
Juma kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQShning Chendu shahridagi bosh konsulxonasini yopish to‘g‘risidagi qarorini e'lon qildi.
Mavzuga oid

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23 / 11.03.2025