Xitoyda 17 yil yashirinib yurgan jinoyatchi dron yordamida topildi

Foto: YONGSHAN POLICE
Xitoyda 17 yil yashirinib yurgan jinoyatchi kichik g‘orda topildi. Bu haqda BBC News nashri xabar berdi.
Sun Tszyan ismli jinoyatchi ayollar va bolalarni sotishda aybdor deb topilib, Yunnan viloyatidagi qamoqxonaga jo‘natilgan. Biroq u 2002 yilda turmadan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Politsiya uzoq vaqt uning iziga tusha olmagan, biroq joriy sentabr boshida uning ehtimoliy o‘rni haqida ma'lumot olgan.
Politsiyaga ma'lum bo‘lishicha, jinoyatchi o‘zi yashagan shahardan uzoq bo‘lmagan tog‘da yashirinib yurgan. Dastlab qochoqni izlash muvaffaqiyat keltirmagan. Biroq keyin politsiya dron qo‘llashga qaror qilib, jinoyatchini topishga muvaffaq bo‘lgan.
Aniqlanishicha, jinoyatchi shu uzoq yillar davomida kichik g‘orda yashirinib yurgan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, u shunchalik ko‘p vaqt yolg‘izlik bo‘lganki, so‘zlashishni unutib yuborgan. Bundan tashqari, u yillab yuvinmay yurgan. Qochoq turmaga jazo muddatini o‘tash uchun jo‘natilgan.
Mavzuga oid

15:03 / 04.03.2025
Dronlar Rostov oblastidagi neft bazasiga hujum qildi

14:47 / 26.02.2025
Ukraina dronlari Tuapsedagi dengiz portiga hujum qildi

22:15 / 24.02.2025
«Kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi» - Bayraktar dronining yangi versiyasi taqdim etildi

12:07 / 22.02.2025