Arab koalitsiyasi Yamandagi harbiy fakultet binosiga zarba berdi

Foto: AP Photo / Abdulnasser Alseddik
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yaman poytaxti shimolidagi Ar-Raud tumanida joylashgan harbiy fakultetga ikki marta zarba berdi, deb xabar qildi RIA Novosti harbiy manbaga tayanib.
"Koalitsiya harbiy fakultet binosiga ikki marta zarba berishi natijasida binoga jiddiy zarar yetdi", - dedi manba.
Koalitsiya samolyotlari shuningdek, sobiq prezident gvardiyasi joylashgan hududdagi lagerga ham zarbalar bergan.
Xusiylar va Yaman prezidenti Abd Rabbu Mansur Xodi kuchlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik to‘rt yildan buyon davom etmoqda.
Mavzuga oid

10:51 / 20.01.2025
Yamandagi husiychilar 200 mlrd dollarlik iqtisodiy zarar keltirdi

17:31 / 07.01.2025
AQSh Guantanamodagi 11 nafar mahbusni ozod etdi

15:59 / 01.01.2025
AQSh va Britaniya Yaman poytaxti Sanoga 6 marta havo hujumi uyushtirdi

22:15 / 26.12.2024