Batareyasi bir quvvatlanishda rekord uzoq vaqt ishlovchi smartfon yaratildi

Foto: Energizer
Energizer kompaniyasi 18 ming mA-soatlik batareya evaziga bir quvvatlanishda 50 kun ishlovchi smartfon yaratdi. Gadjetning taqdimoti Barselonada 25 fevralda boshlanadigan MWC 2019 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tishi kerak.
Kompaniya o‘z mahsulotini “bunday kuchli batareyali dunyodagi ilk smartfon” deb ta'riflagan.
Batareyaning to‘liq zaryadi 100 soat beto‘xtov musiqa tinglash va 2 kun video ko‘rishga yetishi kerak.
Shuningdek, smartfon energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon quvvati gadjetdan odatiy foydalanishda bir haftaga yetishi ko‘zda tutilgan.
Smartfon 16+2 Mpli old qo‘sh kameraga, 12+5+2 Mpli orqa uch kameraga ega. Qurilma MediaTek Helio P70 protsessorida ishlaydi.
Mavzuga oid

16:22 / 05.03.2025
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

18:14 / 17.02.2025
Telefonga qaramlik: texnologiyalar bizni qanday tobe qilmoqda?

16:38 / 23.01.2025