O‘zbekiston masjidlarida ilk bor juma mav'izalari surdotarjima qilindi
O‘zbekistondagi markaziy masjidlarida imkoniyati cheklangan fuqarolar, eshitish va nutq a'zolarida nuqsoni bor kishilar uchun Juma mav'izasi Surdo tarjimon vositasida masjidda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi. Buning uchun Respublikaning har bir hududidagi markaziy masjidda Juma mav'izalarini surdo-onlayn uzatish imkoniyatlari yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qilmoqda.
Bunda masjid tashqi qismiga muayyan toifaga mansub nogironligi bor kishilar uchun maxsus imkoniyatlar mavjudligini bildiruvchi xalqaro belgi qo‘yiladi. Juma namoziga kelgan imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘zlari uchun belgilangan joyda monitorlarda imom-xatibni, uning yonida esa surdo tarjimon harakatlarini kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladilar.
25 yanvar kuni ilk bor Toshkent shahrining “Shayx Zayniddin”, Toshkent viloyatining “Chirchiq markaziy jome masjidi”, Samarqand viloyatining “Xo‘ja Ishoq Valiy” jome masjidlarida Juma mav'izalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri surdo tarjimon vositasida tushuntirib berildi.
Kelgusi juma namozi — 1 fevraldan respublika bo‘ylab 25 ta jome masjidda maxsus surdo-onlayn tarjimalar tashkil etilishi belgilangan. Mazkur loyiha bosqichma-bosqich keyinchalik har bir viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

13:14 / 05.03.2025
Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?

17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda

07:25 / 13.06.2024
Toshkentda masjidlar atrofidagi yo‘llarda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

13:06 / 10.05.2024