Xillari Klintondan maxfiy ma'lumotdan foydalanish huquqi olib qo‘yildi

Foto: Brian Snyder/Reuters
AQSh sobiq davlat kotibi, prezidentlikka sobiq nomzod Xillari Klintondan hukumatning maxfiy ma'lumotlariga kirish huquqi olib qo‘yildi. Bu haqda Davlat departamentining xatida aytiladi, u Politico tomonidan e'lon qilindi.
Klinton joriy yilning 30 avgustidan boshlab maxfiy ma'lumotlarga kirish huquqidan mahrum bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, bu uning iltimosiga ko‘ra amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, Klintonning yordamchisi Sheril Maylz, shuningdek, nomlari oshkor etilmagan yana to‘rt kishi maxfiy axborotdan foydalanish huquqini yo‘qotdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh sobiq prezidenti Barak Obamada 2016 yilgi saylovlar bo‘yicha maxfiy reja bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

18:09
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi

15:39