Hakam nokautdan so‘ng o‘ziga hujum qilgan MMA jangchisini «bo‘g‘ib oldi»
Hakam Armen Ananyan Qrimda bo‘lib o‘tgan MMA musobaqasida xorvatiyalik Karlo Kaput bilan jang o‘tkazgan Renat Lyatifovga nisbatan bo‘g‘uvchi usulni qo‘llashga majbur bo‘ldi. Mazkur holat tasvirlangan video YouTube’dagi MATCh TUB kanalida joylashtirildi.
Kaput Lyatifovni birinchi zarbadayoq nokautga uchratgach, Renat hakamga hujum qildi va Ananyan unga nisbatan bo‘g‘uvchi usulni qo‘llashga majbur bo‘ldi.
Xorvatiyalik jangchi faoliyatidagi sakkizinchi g‘alabasiga erishdi. Ukrainalik Lyatifov faoliyatidagi 24-mag‘lubiyatiga uchradi (34 g‘alaba).
Mavzuga oid

11:15 / 19.01.2024
Qozog‘istonda taniqli MMA jangchisi otib ketildi

11:57 / 07.01.2024
O‘zbekistonlik 3 nafar hakam futboldan umrbod chetlatildi. Ular «Qo‘qon-1912»ga sotilgan

16:47 / 08.01.2023
Habib Nurmagomedov MMAdan butunlay ketdi

11:48 / 20.06.2021