Olga Zabelinskaya rasman O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tdi

Foto: LiveInternet
Rossiyalik velopoygachi Olga Zabelinskaya O‘zbekiston terma jamoasiga rasman o‘tgani haqida e'lon qildi.
«O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tganim rasmiy ravishda tasdiqlandi, avgust oyidayoq Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishni maqsad qilganman», - deya Zabelinskayaning so‘zlarini keltiradi TASS.
Xalqaro velosipedchilar uyushmasidan (UCI) ta'kidlashlaricha, sportchi bu yil va kelasi yilda jahon chempionatlari ishtirok eta olmaydi.
«Velopoygachining fuqaroligi o‘zgarishi rasman tasdiqlandi. UCI qoidalaridagi bandga ko‘ra, sportchi UCI jahon chempionatida bu yil va keyingi yilda fuqarolikni o‘zgartirgandan keyin ishtirok etishga haqli emas», - deya aytib o‘tgan UCI vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olga Zabelinskaya nega Rossiya terma jamoasidan voz kechganini tushuntirib bergandi.
Mavzuga oid

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06 / 11.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025