JCh-2018, chorak final. Bugungi o‘yinlar anonsi

Bugun, 6 iyul kuni jahon chempionatining 1/4 final o‘yinlari boshlanadi. Bugun 4 terma jamoa yarim final yo‘llanmasi uchun maydonga chiqadi.
Chorak finalning dastlabki o‘yini nimchorak finalda Portugaliya va Argentinani qoldirib ketgan Urugvay hamda Fransiya juftligi o‘rtasida kechadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. O‘yinni argentinalik Nestor Pitana boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
URUGVAY – FRANTsIYa
6 iyul. Nijniy Novgorod. «Nijniy Novgorod». 19.00 (Pervyy).
Hakamlar: PITANA. Maydana, Belatti (barchasi – Argentina).
Diskvalifikatsiyalar: yo‘q – Matyuidi.
Ikkinchi uchrashuv esa 1/8 finalda Meksikadan ustun kelgan Braziliya va Yaponiyaga qarshi dramatik uchrashuvda oxirgi daqiqalarda g‘alabaga erishgan Belgiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. O‘yinni serbiyalik Milorad Majich boshchiligidagi hakamlar boshqaradi.
BRAZILIYa – BeLGIYa
6 iyul. Qozon. «Kazan Arena» stadioni. 23.00 (Rossiya 1).
Hakamlar: MAJICh. Ristich, Jurjyevich (barchasi – Serbiya).
Diskvalifikatsiyalar: Kazemiro – yo‘q.
Mavzuga oid

10:21 / 07.07.2018
JCh-2018. Shvetsiya-Angliya, Rossiya-Xorvatiya. Bugungi o‘yinlar anonsi

10:00 / 03.07.2018
JCh-2018. Bugun nimchorak finalning oxirgi o‘yinlari

10:00 / 02.07.2018
JCh-2018. Bugun yana ikki favoritning taqdiri hal bo‘ladi

11:00 / 21.06.2018