Vagiz Galiulin o‘ziga yangi klub topdi

Foto: FK «Tosno»
O‘zbekiston terma jamoasi va «Tosno» klubining sobiq yarimhimoyachisi Vagiz Galiulin FNL vakili «Tambov» klubi bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi Sportbox.
Futbolchi bosh murabbiy Murat Iskakov jamoasi tarkibida mashg‘ulotlarga kirishgan.
Qizig‘i shundaki, 30 yoshli Galiulin «Baltika» klubi tarkibida ko‘rikdan o‘tayotgan edi. Ammo tambovliklar uni o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘lishdi.
O‘tgan mavsumda Galiulin «Tosno» bilan Rossiya kubogida g‘alaba qozondi. Chempionatda esa 23ta o‘yinda maydonga tushib 3ta gol urdi. Keyinchalik klub o‘z faoliyatini to‘xtatdi, futbolchilar esa tarqab ketdi.
Mavzuga oid

00:54 / 27.01.2021
«Lokomotiv» Jasur Jaloliddinov bilan shartnomani bekor qildi

09:21 / 28.04.2019
Rossiyada o‘zbekistonliklar ketayotgan avtomobil ag‘darilib ketdi

17:48 / 09.06.2018
Rossiya kubogida g‘alaba qozongan «Tosno» faoliyatini yakunladi

00:14 / 31.05.2018