Eronda 11 kishi qo‘ziqorindan zaharlanib hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Flickr
Eronda qo‘ziqorindan zaharlanish natijasida 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 800 nafardan ortig‘i jabrlandi. Eron sog‘liqni saqlash vazirligining Yuqumli kasalliklar markazi rahbari Muhammad Mahdiy Guyya shu haqida ma'lum qildi.
"Hozirga kelib 800 dan ziyod kishi zaharli qo‘ziqorin iste'molidan jabrlangan, 11 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 220-230 kishi shifoxonaga yotqizilgan, 3 kishida jigar transplantatsiyasi o‘tkazilgan", - deya Muhammad Mahdiy Guyyaning so‘zlarini keltiradi vazirlik matbuot xizmati.
Bir necha kun avval Eronda qo‘ziqorinlar iste'moli natijasidagi ommaviy zaharlanishlar haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi. 19 may kuni 720 dan ortiq kishining zaharlangani va 9 nafarining halok bo‘lgani haqida xabar berildi.
Mavzuga oid

17:24
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025