Isroil Turkiya bosh konsulidan mamlakatni tark etishni talab qildi

Foto: REUTERS
Isroil tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning Al-Qudsdagi bosh konsulidan mamlakatni tark etishni talab qildi. Bu haqda Jerusalem Post nashri ma'lum qildi.
“Bosh konsul muayyan vaqt davomida Turkiyaga maslahatlashuvlar uchun qaytishi taklif qilindi”, deb aytgan Isroil tashqi ishlar vazirligi vakili.
15 may kuni xuddi shunday choralar Turkiya hukumati tomonidan Isroil elchisiga nisbatan amalga oshirilgandi.
Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik ixtilof G‘azo sektoridagi voqealar bilan bog‘liq holda yuz bermoqda. Bu yerda isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvlarda 100 dan oshiq falastinlik halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

11:01 / 10.03.2025
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarini qurollarini tashlashga chaqirdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

14:11 / 08.03.2025