Poyga bolidi 300 km/soat tezlikda “salto qildi” (video)
Belgiyada “Spaning 6 soati” poyga marafonida rossiyalik poygachi Matevos Isaakyanning bolidi katta tezlikda aylanib ketib, poygadan chiqib ketdi. Ushbu holat guvohlaridan biri voqeaning videoyozuvini internetda joylashtirdi.
Ta'kidlanishicha, 300 km/soat tezlikda ketayotgan bolid 133-aylanada yo‘nalishdan og‘ib, “salto qilgan”.
Keyinroq poygachining o‘zi tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va o‘zini yaxshi his qilayotganini, bir nechta lat yeyish jarohatlari olgani va buni shunday avariyadan keyin katta omad deb hisoblashini aytgan.
Poygachining o‘zi videoyozuvni ko‘rib, nima uchun bunday holat yuz berganini tushuna olmagan. Ta'kidlanishicha, voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid

17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi

23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

13:32 / 08.09.2022
Buxoroda birinchi Bukhara night race xalqaro poyga turniri o‘tkaziladi

07:25 / 12.04.2022