Amsterdamda saqichlardan krossovkalar ishlab chiqarildi
Amsterdamda tag qismi saqichlardan tayyorlangan dunyodagi birinchi krossovka Gumshoe Amsterdam taqdim qilindi. Ushbu poyabzalni ishlab chiqarishda Amsterdam ko‘chalaridan yig‘ilgan saqichlardan foydalanilgan.
Loyiha Iamsterdam marketing kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u shu tariqa shaharning ifloslanishi muammosiga e'tibor qaratmoqchi bo‘lgan. Faollar ko‘chalardan saqichlarni yig‘ib, ularni poyabzal ishlab chiqaruvchi Explicit kompaniyasiga olib borishgan. Natijada tagcharmi presslangan saqichlardan tayyorlangan krossovkalar yaratishga muvaffaq bo‘lindi. Yaqin orada ushbu poyabzal savdoga chiqariladi. Hozircha u qancha turishi noma'lum.
Statistikaga ko‘ra, Niderlandiya poytaxti ko‘chalaridan har yili 1,5 mln kilogramm saqich yig‘iladi. Bu yerda saqichlar muammosi sigaret qoldiqlari muammosidan keyin 2-o‘rinda turadi. Ekologlar hisobotiga ko‘ra, saqich ancha uzoq – o‘rtacha 20-25 yilda yo‘q bo‘lib ketadi.
Mavzuga oid

12:28 / 13.11.2023
Amsterdamda iqlim himoyasiga bag‘ishlangan katta namoyish bo‘lib o‘tdi

09:49 / 17.05.2023
London va Amsterdam F-16 sotib olish bo‘yicha koalitsiya to‘g‘risida kelishib oldi

12:48 / 07.11.2021
2030 yilgacha 6 ta shahar suv ostida qolishi mumkinligi aytildi

15:52 / 03.11.2021