«Barselona» 30-marotaba Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi

Foto: Twitter/LaLiga
2017/18 yilgi Ispaniya kubogining final uchrashuvi o‘tkazildi.
"Vanda Metropolitano" stadionida kechgan o‘yinda "Barselona" "Sevilya" darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi.
14-daqiqada Suares hisobni ochdi. 31-daqiqada Messi farqni oshirdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib, Suares dublga erishdi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida Inesta ham gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yindagi so‘nggi golni penaltini aniq amalga oshirgan Koutino kiritdi.
Shu tariqa "Barselona" o‘z tarixida 30-marta Ispaniya kubogida g‘olib chiqmoqda va ushbu musobaqa uchun rekord hisoblanadi.
Sevilya – Barselona 0:5
Gollar: 0:1 – 14 Suares, 0:2 – 31 Messi, 0:3 – 40 Suares, 0:4 – 52 Inesta, 0:5 – 69, penalti Koutino.
Sevilya – Soriya, Langle, Merkado, Eskudero, Navas, Nzonzi, Banega, Vaskes (Nolito, 86), Sarabiya (Layyun, 82), Korrea (Sandro Ramires, 46), Muriel.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Koutino (Dembele, 82), Serji Roberto, Rakitich, Buskets (Paulino, 76), Inesta (Denis Suares, 88), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Merkado (34), Eskudero (38), Inesta (67), Buskets (74), Vaskes (74).
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025