Suriya mojarosi. Tereza Mey Rossiyani ayblab chiqdi

Foto: Reuters
Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma'lum qilishicha, BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiya tomonining Suriya bo‘yicha rezolyutsiyaga nisbatan vetosi mamlakat hududida yuz bergan kimyoviy hujumlarni surishtiruvdan o‘tkazishni bloklashga qaratilgan urinishdir. Bu haqda RIA «Novosti» siyosatchining nutqiga asosan xabar bermoqda.
«Istalgan tekshiruvdan o‘tkazish holatini bloklashga qaratilgan aniq urinishlar yuz berdi, buni biz BMTda o‘tgan haftadagi Rossiya vetosi bilan bog‘liq vaziyatda ham ko‘rdik. Biz kimyoviy quroldan foydalanilgan holda yuz bergan hujumlar tufayli azob-uqubatga giriftor bo‘lgan odamlarga tezroq yordam berishimiz lozim», - deya ma'lum qildi Mey.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT XK mandatiga ega bo‘lgan inspektorlar avvalgi hujumlarni surishtiruvdan o‘tkazdi, hamda ular uchun Asad rejimi mas'ul ekani haqidagi xulosaga keldi.
«Biz Suriya rejimi bu hujumga mas'ul ekaniga ishonchimiz komil, hamda bunday takrorlanuvchi model shundan darak beradiki, rejim kimyoviy quroldan foydalanishni katta ehtimol bilan yana davom ettiradi», - deyiladi nutq matnida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyaning Suriyaga uchirilgan raketalari haqida yangi ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

21:40 / 11.03.2025
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

14:06 / 11.03.2025