Buxoro viloyatida bir guruh «og‘ufurush» shaxslar qo‘lga olindi
Buxoro viloyati IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir jarayonida, Jondor tumani, “Samonchiq” MFY, Samonchiq qishlog‘ida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan Tillayev Murodilo G‘aybillayevich, qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, “Samonchiq” MFY, Samonchiq qishlog‘ida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan Yangiyev Xurshed Homitovich bilan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, tekin boylik orttirish maqsadida, Jondor tuman “Samonchuq” MFY, Hafrabot qishlog‘ida xodimlar tomonidan nazorat tariqasida yuborilgan shaxsga har bir qutisini 400.000 so‘mdan jami bo‘lib 800.000 so‘m naqd pul evaziga 2 dona «Spichki» yozuvli gugurt qutiga quritilib, alohida-alohida qilib qadoqlangan holdagi umumiy sof vazni 7,91 gr.ga teng bo‘lgan «marixuana» giyohvand vositasini qonunga xilof ravishda o‘tkazgan vaqtda xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.


“Og‘ufurush” shaxslar bilan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, ular ushbu «marixuana» giyohvandlik vositasini Jondor tumanida yashovchi tanishi, Ashurov Nodir Naimovichdan har bir qutisini 230 ming so‘mdan sotib olishgan. Tadbir davomida Ashurov Nodir Naimovichning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda u yerda yana 6 dona gugurt qutilarga quritib joylashtirilgan «marixuana» giyohvandlik vositalari saqlab kelinayotganligi aniqlandi.


Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:33 / 06.03.2025
Buxoroda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar soni 186 taga yetdi

16:25 / 05.03.2025
Buxoroda 20 yoshli yigitning ichidan 5 to‘g‘nog‘ich va 6 mix olib tashlandi

20:39 / 28.02.2025
Buxoroda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

10:51 / 22.02.2025