Falastin Isroilni davlat sifatida tan olmaslikka chaqirdi

Foto: EPA
Falastinni ozod qilish tashkilotining (FOQT) markaziy kengashi 15 yanvarda Ramallohdagi ovoz berish davomida AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qaroriga javoban Isroilni davlat sifatida tan olmaslikka chaqirdi. Bu haqda markaziy kengashga iqtibos keltirgan holda AFP ma'lum qildi.
“Markaziy kengash FOQT ijroiya qo‘mitasini Isroil Falastinni 1967 yilgi chegaralarga ega davlat sifatida tan olmaguncha, Sharqiy Al-Qudsni bosib olishni va mustamlakaga aylantirishni bekor qilmaguncha Isroilni tan olmaslikka chaqirdi”, deb aytilgan hujjatda.
FOQT xalqaro hamjamiyat tomondan falastin xalqining yagona qonuniy vakili deb tan olingan.
Mavzuga oid

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

14:27 / 09.03.2025
Foto: Falastin bayrog‘ini ko‘targan aktivist Big-Benga chiqib oldi

18:20 / 07.03.2025