Eron Iroq Kurdistoni bilan chegarani ochdi

Foto: RIA "Novosti"
Eron hukumati Iroq Kurdistoni bilan oktabr oyida yopib qo‘yilgan chegara o‘tkazish punktlarini ochdi. Bu haqda ISNA agentligi Arbildagi Eron konsulligiga tayangan holda xabar bermoqda.
"Iroq hukumati bilan maslahatlashuvlardan so‘ng, Parvizxon va Tamarchindagi Iroq Kurdistoni bilan chegara seshanba kuni ochildi, ular 25 sentabr kungi mintaqa mustaqilligi bo‘yicha referendumdan keyin yopib qo‘yilgandi", - deyiladi bayonotda.
Iroq TIV 2017 yilning 15 oktabr kuni Eron Bag‘dod rasmiy hukumati iltimosiga ko‘ra, Iroq Kurdistoni bilan chegarani yopib qo‘ygani haqida ma'lum qilgandi. Keyinchalik Bashmak tumanidagi o‘tkazish nuqtasi ochildi.
Mavzuga oid

17:24
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025