Eronda g‘alayonlar fonida Telegram bloklandi - Durov izoh berdi
Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov Eron hukumatining mamlakat norozilik aksiyalari tashkilotchilarining kanallarini bloklash haqidagi so‘rovlari rad etilgach, hukumat mamlakat hududida ushbu messenjerga ulanish imkoniyatini cheklab qo‘yganini bayon etdi, deb yozadi RIAN.
«Eron hukumati tinch namoyishchilarning @sedaiemardom (Sadoi mardum) va boshqa kanallarini to‘sib qo‘yish borasidagi so‘rovini ochiq rad etganimizdan so‘ng eronliklarning aksariyat qismi uchun Telegram’ga ulanishni bloklamoqda», — deb yozgan Durov Twitter’dagi o‘z sahifasida.
Ilgariroq Mashhadda 200 kishi ishtirok etgan norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Ular Erondagi iqtisodiy holatdan norozilik bildirib, hukumatga qarshi shiorlarni baralla aytishgan. Politsiya Mashhaddagi oldindan kelishilmagan mitinglarda qatnashgan va davlat mulkiga ziyon yetkazgan 52 kishini hibsga olgan.
Norozilik aksiyalari Eronning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tmoqda. Hukumat Do‘rud shahrida bo‘lib o‘tgan aksiyalar davomida ikki kishi halok bo‘lganini xabar qilib, «xavfsizlik kuchlari norozilik bildirayotganlarga qarata o‘t ochmagani»ni alohida qayd etishgan.
Mavzuga oid

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025