«Kelmagani ma'qul». London meri Tramp bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Reuters
Buyuk Britaniya poytaxti meri Sodiq Xon al-Quds bilan bog‘liq vaziyat fonida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp Londonga tashrifni rejalashtirmagani ma'qulligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Geo TV xabar bermoqda.
«Men bu vaziyat bo‘yicha tushunarli fikr bildirdim: u (Tramp – tah.) davlat tashrifini rejalashtirmagani ma'qul. Londonda istiqomat qiluvchilar uning ishqibozlari emas. Men u Londonga fevralda kelish niyatida ekanini eshitdim, biroq davlat tashrifi bilan emas ekan. Xo‘p, ko‘ramiz», - deya aytib o‘tdi Xon.
6 dekabr kuni Qo‘shma Shtatlar yetakchisi AQSh al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishi haqida rasman ma'lum qildi.
Avvalroq esa London meri Tramp Buyuk Britaniyaga tashrif bilan kelishini xohlamasligi haqida ma'lum qilgandi. Bu AQSh prezidenti Twitter’dagi o‘z sahifasida musulmonlarga qarshi kayfiyatdagi videoroliklarga havolalarni joylashtirganidan so‘ng yuz berdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham AQSh yetakchisi Donald Trampning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishi bo‘yicha qarorini qoralab chiqdi. Uning fikriga ko‘ra, AQSh «BMTning al-Quds bo‘yicha 1980 yilgi qarorini toptadi, uni hali hech kim buzmagandi».
Mavzuga oid

10:42 / 03.03.2025
Tusk: Londonda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari muhokama qilinmadi

09:42 / 03.03.2025
Zelenskiy: Londonda Ukraina xavfsizlik kafolatlarini muhokama qildim

08:26 / 03.03.2025
Parij va London Ukrainada bir oylik sulhni taklif qildi

19:20 / 02.03.2025